Centrum Air samolyoti dvigatelida nosozlik aniqlandi
eʼlon qilindi
Madinadan Farg‘onaga uchayotgan samolyoti
Centrum Air aviakompaniyasining Madinadan Farg‘onaga uchayotgan samolyoti parvoz vaqtida moy sizib chiqayotgani aniqlandi. Bu haqda aviakompaniya o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Unga ko‘ra, hodisa yuz bergan vaqtda samolyot Turkmaniston hududi ustida bo‘lgan. Ekipaj xavfsizlik choralarini ko‘rib, Merv (Mary) shahriga qo‘nish qarorini qabul qilgan. Yo‘lovchilarni Farg‘onaga yetkazish uchun zaxira samolyoti jo‘natilgan.
Muhandislar moy sizib chiqish muammosini bartaraf etishdi. Endilikda samolyot texnik parvoz uchun Toshkentga uchib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda tibbiy samolyot halokatga uchragan edi.