Apple AR ko‘zoynaklari loyihasidan voz kechdi

2-fevral 2025 13:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Apple

Apple kompaniyasi yangi AR (kengaytirilgan reallik) ko‘zoynaklarini ishlab chiqishni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Unga ko‘ra, mazkur qurilma Mac va boshqa Apple mahsulotlariga ulanib, Meta kompaniyasining gadjetlariga raqobatchi bo‘lishi kutilgan edi.

Apple rasmiy ravishda ushbu qarorning sabablarini izohlashdan bosh tortdi. Bloomberg ekspertlari buning sababini Apple’ning ommaviy bozor uchun muvaffaqiyatli AR qurilma yaratishda qiynalayotgani bilan bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple ingichka va buklanadigan smartfonlar ishlab chiqarmoqchi ekanligi haqida yozgan edik.

Shuningdek