Turkiya G‘azoga 871 tonna gumanitar yordam yubordi

eʼlon qilindi
«Ezgulik kemasi» nomli
Foto: Aa.com

Turkiya tomonidan yuborilgan 14-gumanitar yordam kemasi Rafah chegara punkti orqali G‘azoga yetib bordi. Bu haqda Anadolu ajansi nashri ma’lum qildi.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yuk mashinalari orqali 10,4 ming dona chodir, 14,3 ming dona adyol, 20 ta ko‘chma hojatxona va dush, shuningdek, 300 ta generator yetkazildi.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya g‘azoliklarning ehtiyojlarini qondirish uchun «Ezgulik kemasi» yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G’azo shimolidan millionlab falastinliklar uylariga qaytgan edilar.

Shuningdek