O‘zbekiston qalampir eksporti 2024-yilda $8,9 mlnni tashkil etdi
eʼlon qilindi
Qalampir eksportida eng yirik xaridor davlat Qozog‘iston bo‘ldi
O‘zbekiston 2024-yilda 6,4 ming tonna qalampir eksport qildi. Uning umumiy qiymati $8,9 mlnni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qalampir eksportida eng yirik xaridor davlat Qozog‘iston bo‘ldi. Ushbu davlatga 2,3 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinni Qirg‘iz Respublikasi egallab, 1,5 ming tonna qalampir xarid qilgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (835 tonna), Turkiya (681 tonna) va AQSH (324 tonna) joylashdi. Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 798,3 tonna qalampir eksport qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston kartoshka eksportini vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.