2024-yilda «103» xizmatiga 2,7 mingdan ortiq yolg‘on chaqiriqlar tushdi

eʼlon qilindi
Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 792 taga kamaygan
Foto: NariArt / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda ba’zan fuqarolar tomonidan tez yordamning kechikib kelayotgani haqidagi shikoyatlar kuzatiladi. Bu holatlarga ko‘pincha yolg‘on chaqiriqlar sabab bo‘ladi. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Raqamlarga ko‘ra, 2024-yil davomida «103» xizmatiga jami 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 792 taga kamaygan.

2024-yilda eng ko‘p yolg‘on chaqiriqlar Samarqand viloyatida qayd etilib, jami 645 ta holat aniqlangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati joy olib, 436 ta yolg‘on chaqiriq qayd etilgan. Uchinchilik esa 259 ta yolg‘on murojaat bilan Farg‘ona viloyatiga tegishli.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida kuzatilib, bor-yo‘g‘i 17 ta holat ro‘yxatga olingan. Bu mamlakat bo‘ylab eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yolg‘on chaqiriqlar shifokorlarning haqiqiy muhtoj bemorlarga yetib borish vaqtini yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois bunday holatlarning oldini olish muhim hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tez yordam mingta Volkswagen Caddy mashinasini olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek