Aholining real daromadlari 5,9 foizga o‘sdi
eʼlon qilindi
Jon boshiga umumiy daromadlar 24,1 million so‘mni tashkil etdi
Foto: Ekachailo / www.depositphotos.com
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar – dekabr oylarida Oʻzbekiston aholisi jon boshiga umumiy daromadlar 24,1 million so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,1 foizga o‘sdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shu bilan birga, iste’mol narxlarining o‘zgarishi natijasida aholining real daromadlari ham o‘zgarib, ularning real o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda kambagʻallik darajasi 8,9 foizga qisqargani haqida xabar bergan edi.