Farg‘ona viloyatidagi 13 ta MChJ jarimaga tortildi
eʼlon qilindi
Monopol mahsulot savdosida manipulyatsion harakati uchun
Raqobat qo‘mitasi 2024-yilda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning birja savdolarida sotilishida ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan manipulyatsiya holatlari sodir etilganini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kunlik belgilangan hajmda mahsulotni birjaga qo‘ymaslik va savdo grafiklariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarga quyidagi korxonalar yo‘l qo‘ygan:
- Hamza Expo Art Textile;
- Prof Tekst Plyus;
- Baxodir Log‘on Tekstil;
- Ferghana Spinning;
- Ekpo Kollar Prin Teks;
- Effektiv Oil;
- Posco International Textile;
- Fergana Global Textile;
- Musavarteks;
- Qo‘qon Biokimyo;
- Quantity Class;
- Shaffof Sement Sanoat;
- Farg‘ona Yog‘ Zavodi.
Hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ushbu kompaniyalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qaroriga muvofiq moliyaviy jarimalar qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtdagi MChJ litsenziyasiz umra xizmati uchun jarimaga tortilgan edi.