Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga kredit rasmiylashtirgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokratura ma'lum qildi
Foto: EdZbarzhyvetsky / www.depositphotos.com

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi tomonidan jami 635,4 mln so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokratura ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, u 20 nafar fuqaro nomiga elektron tarzda tavsiyanomalar bergan va ulardan foydalanib, 427,7 mln so‘mlik kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Ushbu mablag‘lar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan foydalanish va boshqa faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish o‘rniga shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborilgan.

Shuningdek, yordamchi o‘zining qarindoshlari va mahallada yashamagan boshqa 5 nafar fuqaroga qalbaki tavsiyanomalar orqali 207,7 mln so‘mlik kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda kreditga oid firibgarlik bir yil ichida 42 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek