Xitoy oyda muz qidirish uchun uchuvchi robot yuboradi

eʼlon qilindi
Kelasi yilda
Foto: CCTV

Xitoy 2026-yilda Oy janubiy qutbiga uchuvchi robot yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu «uchuvchi detektor» Oy yuzasidagi chuqur g‘orlarda muz mavjudligini aniqlash va kelajakda Oyda ilmiy baza qurish rejasiga hissa qo‘shish uchun ishlatiladi.

Chang’e-7 missiyasi doirasida Oyga orbiter, qo‘nuvchi modul, rover va uchuvchi robot yuboriladi. Ushbu robot soyali kraterlarga sakrab o‘tib, muzning joylashuvi va miqdorini aniqlashga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA zondi quyoshga eng yaqin masofada uchib omon qolgan edi.

Shuningdek