Google endi sun’iy intellektdan qurol yoki kuzatuv sifatida ishlatishi mumkin

eʼlon qilindi
Yangilangan tamoyillar sahifasida bu iboralar olib tashlangan
Foto: David Paul Morris/Bloomberg/Getty Images

Google o‘zining sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha etik tamoyillarini yangilab, ilgari texnologiyani qurol-yarog‘ va kuzatuv uchun ishlatmaslik haqidagi va’dasini olib tashladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2018-yilda kompaniya AI’ni insonlarga zarar yetkazishi yoki xalqaro normalardan tashqari kuzatuv uchun ishlatmaslikni kafolatlagan edi. Hatto o‘sha yili Google Pentagon bilan 10 milliard dollarlik shartnomadan voz kechgan va minglab xodimlar harbiy texnologiyalar yaratishga qarshi petitsiya imzolagan edi.

Biroq AI texnologiyalarining jadal rivojlanishi fonida Google o‘z tamoyillarini qayta ko‘rib chiqdi. Kompaniya rahbarlari demokratik mamlakatlarning AI bo‘yicha tamoyillari ularga texnologiyaning imkoniyat va xavflarini yaxshiroq tushunishga yordam berganini ta’kidlamoqda. Endi Google AI’ni «odamlarni himoya qilish, global taraqqiyot va milliy xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash» maqsadida rivojlantirishga chaqirmoqda.

Bu o‘zgarish Google’ning AI sohasidagi kelajakdagi siyosatiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, ammo bu qaror sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha global bahs-munozaralarni yanada kuchaytirishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi nomiga o‘zgartirgan edi.

Shuningdek