Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi kecha Osiyo chempionlar ligasi 7-turida Qatarning «Al-Garafa» jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, deb xabar qilindi «Paxtakor» Telegram-kanalida.
Uchrashuv 1:0 hisobida «Al-Garafa» foydasiga hal bo‘ldi. Yagona golga Qatar klubi yarim himoyachisi Ferjani Sassi mualliflik qildi. Bu 39-daqiqada sodir bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri futbol eksperti Alisher Nikimbaevning tahminini e’lon qilgan edi. Uning fikricha, «Al-Garafa» ancha qulay vaziyatda, biroq o‘zbekistonlik futbolchilar Qatar jamoasining zaifligidan foydalanishlari mumkin edi.