«Samarqand noni» rasmiy brend sifatida tan olindi
«Samarqand noni» geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, bu jarayonda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va «Intellektual mulk markazi»ning hissasi katta bo‘ldi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov rasmiy hujjatni Samarqand viloyati rahbari Adiz Boboyevga topshirdi. Endilikda «Samarqand noni» o‘ziga xos sifati va nom qozongani bilan qonuniy jihatdan himoyalangan brend sifatida e’tirof etiladi.
Mazkur geografik koʻrsatkichga ega bo‘lish Samarqand nonining sifatini xalqaro darajada tan olinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil 3 – 15-sentabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan tashkil etilgan «Grand Swiss» musobaqasi o‘tkazilishi haqida yozgan edik.