Oʻzbekiston Afgʻonistondan koʻmir import qilishni boshlaydi

eʼlon qilindi
Umumiy qiymati $4,5 million bo‘lgan savdo shartnomalarini imzoladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston Afgʻonistondan koʻmir sotib olishi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi Kobulda «Tolibon»ning Sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston tomoni afgʻon koʻmirini import qilishga tayyorligini bildirgan. Natijada ikki davlatning xususiy kompaniyalari umumiy qiymati $4,5 million boʻlgan savdo shartnomalarini imzoladi.

Shuningdek, uchrashuvda savdo imtiyozlari, Afgʻonistonning Samangan viloyatida sement zavodi qurish va qoʻshma koʻrgazmalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston Oʻzbekistonga koʻmir eksportidan tushgan daromadni qariyb 38 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek