Fransiyada Pavel Durovga qoʻzgʻatilgan ish kamida bir yil keyin sudga topshiriladi

eʼlon qilindi
Durov 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi
Foto: depositphotos.com

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga qarshi Fransiyada qoʻzgʻatilgan ish kamida bir yil yoki undan ham koʻproq vaqt ichida sudga topshiriladi. Bu haqda Fransiya prokuraturasi vakili Wired nashriga ma’lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, qandaydir kelishuv bitimini muhokama qilishga hali erta. Durovni hibsga olish toʻgʻrisidagi order uning jamoasi Telegram orqali jinoyatlarga oid ma’lumot soʻrovlariga javob bermagani sababli turli departamentlardagi tergovlar toʻxtab qolganidan soʻng chiqarilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikricha, Durovning sukut saqlashi jinoyatga sheriklik bilan teng boʻlgan.

Telegramʼning tashqi va hukumatlar bilan aloqalarni boshqargan Yuliya Konlining ta’kidlashicha, u Durovga platformada sodir boʻlgan barcha voqealar uchun javobgarlikni yuklashni «aqlsiz» deb hisoblaydi.

«Men uni bunga loyiq deb aytmagan boʻlardim», – deydi Telegram xodimi.

Eslatib oʻtamiz, Pavel Durov 2024-yil 24-avgust kuni Parijdagi Le Burje aeroportida qoʻlga olingan. U uyushgan jinoyatchilik, jumladan, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatishda ishtirok etishda hamda organlar soʻroviga binoan ma’lumot taqdim etishdan bosh tortishda ayblangan. Hibsga olinganidan bir necha kun oʻtib, Durov 5 million yevro garov evaziga qoʻyib yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram’da sun’iy intellekt yordamida stikerlarni qidirish imkoniyati joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek