Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi

eʼlon qilindi
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida
Foto: Privillege / www.depositphotos.com

O‘zbekiston hukumati tomonidan bolalar salomatligini yaxshilash va nogironlikning oldini olishga qaratilgan yangi tizimni yaratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida quyidagi axborot tizimlari yo‘lga qo‘yiladi:

  • 2025-yil 1-martgacha – «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida «Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish» axborot moduli hamda uning mobil ilovasi.
  • 2025-yil 1-sentabrgacha – «Bolalar salomatligi» axborot tizimi, bu tizim bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash, ularni ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi:

  • Davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilish.
  • Ota-onalarning kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek