Zanigotadagi litsenziyasiz «Umra» tashkil qilgan MChJ jarimaga tortildi
eʼlon qilindi
75 mln so‘m miqdorda
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/pexels-mustafa-fathy-3793631-5620451-2-1024x768.jpg)
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan «Imron-Tour Travel» MChJ litsenziyasiz «Umra» safarlarini tashkil etgani uchun jarima qo‘llanildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus litsenziya talab etiladi.
Ushbu talabga rioya qilmagan yuridik shaxslar BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtdagi yana bir MChJ litsenziyasiz umra xizmati uchun jarimaga tortilgan edi.