Prezident kimyo sanoatiga ilg‘or texnologiyalani joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi

eʼlon qilindi
Korxonalarni raqamlashtirish lozimligi ham qayd etildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida 2025-yilgi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda sohada erishilgan natijalar bilan birga, haligacha dolzarb bo‘lib qolayotgan muammolar ham ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari kimyo sanoatini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi. Jumladan, ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlarning qo‘shilgan qiymatini oshirish va yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, korxonalarni raqamlashtirish, energiya samaradorligini oshirish va tannarxni kamaytirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek