Nukusda Orol madaniyat sammiti bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Sammit har 18 oyda bir marta tashkil etiladi
Foto: Uzbektravel.com

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan ilk sammit 2025-yil 4 – 6-aprel kunlari Nukusda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jamg‘arma vakillari Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladigan ushbu tadbir Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun xalqaro va mahalliy rassomlar, olimlar va faollarni jamlab, ekologik va madaniy muammolarga yechim izlashni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Orol madaniyat sammiti – Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy hamda ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan yangi tashabbusdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozodbek Nazarbekovga «Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni taqdim etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek