Tramp Netanyaxuga qarshi order sabab Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar joriy qildi

eʼlon qilindi
Tramp o‘z qarorini XJSning AQSh va Isroilga qarshi noqonuniy harakatlari bilan izohladi
Foto: Chip Somodevilla / Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha order chiqarilgani sababli sudga qarshi sanksiyalar kiritish haqida farmon imzoladi. Bu haqda Deutsche Welle ma’lum qildi.

Trampning 6-fevral kuni imzolagan farmoniga ko‘ra, AQSh fuqarolari va ittifoqchilariga qarshi tergov olib borayotgan XJS rasmiylariga moliyaviy cheklovlar qo‘yiladi. Ularga AQSh vizasi taqiqlanadi, shuningdek, ularning oila a’zolari ham ushbu cheklovlarga duch keladi.

Tramp o‘z qarorini XJSning AQSh va Isroilga qarshi noqonuniy harakatlari bilan izohladi. Uning ta’kidlashicha, na AQSh, na Isroil XJS yurisdiktsiyasiga kirmaydi, shuning uchun sudning harakatlari Vashington suverenitetiga tajovuz va milliy xavfsizlikka tahdid soladi.

2024-yil iyun oyida AQSh Kongressining Vakillar palatasi XJSga qarshi sanksiyalar joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bu hujjat Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant hibsga olish bo‘yicha orderiga javob ekanini ta’kidladi.

Trampning birinchi prezidentligi davrida ham XJSga sanksiyalar qo‘llangan edi.
2019-yilda Tramp administratsiyasi Afg‘onistondagi operatsiyalarni tergov qilgan XJS rasmiylarining AQShga kirishini taqiqlagan edi. 2021-yilda prezident Jo Bayden ushbu cheklovlarni bekor qilgan edi, ammo Tramp qayta hokimiyat tepasiga kelishi bilan XJSga bosim yanada kuchayishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil BMT Inson huquqlari kengashidan chiqishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek