Prezident onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha videoselektorda onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha yangi qaror ishlab chiqishni mutasaddilarga topshirdi.
Yigʻilishda moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish boʻyicha aniq rejalar belgilandi. Shuningdek, davlat banklarining onlayn xizmatlar boʻyicha rivojlanish surʼati xususiy banklardan ortda qolayotgani qayd etildi.
2024-yilda xususiy banklarda 2024-yilda masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan. Davlat banklarida esa bu koʻrsatkich atigi 13 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, banklar joriy yilda masofaviy xizmat koʻrsatishni kamida 30 foizga oʻstirishi muhimligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank tomonidan 2025-yil 1-aprelgacha banklarda onlayn kredit ajratish boʻyicha vaqtinchalik tartib yoʻlga qoʻyilgandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda kreditga oid firibgarlik bir yil ichida 42 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.