Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi
eʼlon qilindi
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
Oʻzbekistonda Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirildi. Endilikda gvardiya xodimlari maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va tegishli jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega boʻldi.
Bu oʻzgarish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalar asosida amalga oshirildi. Yangi qonunga muvofiq, Milliy gvardiya voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatini yanada kengaytiradi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda voyaga yetmaganlar oʻrtasida 3,5 ming jinoyat qayd etilgani, shundan 2,28 ming maktab oʻquvchilari tomonidan qilingani haqida xabar bergan edi.