Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-263-1024x768.png)
Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari biroz arzonlashmoqda. 2025-yil yanvar oyida oʻrtacha ta’mirlangan kvartiralarning ijara bahosi dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, toʻliq ta’mirlangan uylarning narxi esa 0,3 foizga pasaydi.
Oʻrtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali kvartiralarning ijara narxi mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga tushgan boʻlsa, 3 va 4 xonali uylar uchun aksincha, biroz oshgan – 0,1 foiz va 0,3 foizga.
Eng arzon ijara takliflari:
- Sergeli tumani: 1 xonali – $297, 2 xonali – $355, 3 xonali – $415, 4 xonali – $419;
- Olmazor tumani: 1 xonali – $293, 2 xonali – $352, 3 xonali – $419, 4 xonali – $493.
Eng qimmat ijara takliflari:
- Mirobod tumani: 1 xonali – $344, 2 xonali – $512, 3 xonali – $643, 4 xonali – $705;
- Yakkasaroy tumani: 1 xonali – $383, 2 xonali – $487, 3 xonali – $677, 4 xonali – $722.
Toʻliq ta’mirlangan 1 va 3 xonali kvartiralarning narxi 0,5 foizga, 2 xonali uylar esa 0,7 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, 4 xonali uylarning ijara bahosi 0,5 foizga oshdi.
Eng arzon ijara takliflari:
- Sergeli tumani: 1 xonali – $321, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641;
- Uchtepa tumani: 1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $624.
Eng qimmat ijara takliflari:
- Mirobod tumani: 1 xonali – $485, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328;
- Shayxontohur tumani: 1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platforma yaratilishi haqida xabar bergan edi.