Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Husan Musaboyev olamdan oʻtdi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-264.png)
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan komik artist Husan Musaboyev 71 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Telegram kanalida xabar berildi.
U oʻzining yorqin komedik rollari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egallagan edi. Ayniqsa, «Televideniye miniatyuralar teatri»dagi ishtiroki bilan koʻpchilikka tanilgan.
Husan Musaboyev oʻz ijodi davomida «Ajoyib xayolparast», «Bozor koʻrmagan yigit», «Anora», «Hayot mamot», «Men bu men», «Oʻgrigina kelin», «Er bermoq – jon bermoq», «Jibla-jibon», «Aldamadim, hazillashdim», «Ana xolos!», «Super xizmatkor» va «Yasha, xotin!» kabi filmlarda oʻziga xos obrazlar yaratgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etgani haqida xabar bergan edi.