Namangan aeroportidagi noqulay ob-havo sababli samolyot Farg‘onaga qo‘ndirildi

eʼlon qilindi
Madina – Namangan yo’nalishidagi
Foto: Pixabay.com

Namangan aeroportida tuman tufayli Centrum Air aviakompaniyasining MFX3338 reysi Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. Bu haqda Uzbekistan Airport ma’lum qildi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 7:53 da Farg‘onaga borib qo‘ndi.

Ma’lumot uchun, samolyot Madina – Namangan yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air samolyoti dvigatelida nosozlik aniqlangan edi.

Shuningdek