«Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash» respublika tanlovi o‘tkaziladi

«Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash» mavzuida respublika tanlovi o‘tkazilishi belgilandi. Tanlov buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil Navoiy viloyatida «Alisher Navoiy yili» deb e’lon qilinib, shu yil davomida Navoiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari va mahallalarda «Navoiyxonlik kechalari» tashkil etilishi rejalashtirilgan.
«Alisher Navoiy va Sharq Renessansi» xalqaro simpoziumi, Navoiy davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya, yangi ilmiy va badiiy asarlar yaratish ham bu yilning muhim tadbirlaridan bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy va Bobur qo‘lyozmalari Shvetsiyadan topilgani haqida xabar bergan edi.