O‘zbekiston terma jamoasi Antalya Youth Cup musobaqasida Slovakiyaga mag‘lub bo‘ldi
eʼlon qilindi
4:2 hisobida
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-328-1024x770.png)
Slovakiya terma jamoasi 4:2 hisobida O‘zbekistonni U-17 Antalya Youth Cup turnirida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida Slovakiyaning foydasiga yakunlandi. Dastlabki ikki golni David Poltak va Yakov Terenkov kiritdi. Ikkinchi bo‘limda Poltak dublni amalga oshirdi, Elias Tekin esa hisobdagi farqni oshirdi.
O‘zbekiston futbolchilari qaytadan hisobni qisqartirishga urinib, Asilbek Aliev va Muhammad Xabibullayevning gollari orqali oradagi farqni kamaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov gol urgan oʻyinda «Manchester Siti» gʻalaba qozongan edi.