Oltinning narxi tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi

eʼlon qilindi
Qimmatbaho metall yangi rekordni AQSh birjasida o‘rnatdi
Foto: Pexels.com

Oltin narxi yangi rekordni yangiladi. Toshkent vaqti bilan erta tongda Nyu-Yorkdagi tovar birjasida uning bir unsiyasi $2 950 dan oshgani qayd etildi.

Soat 07:22 holatiga ko‘ra, oltinning narxi $2 966 ni tashkil etdi. Bir kun ichida narx 1,09% ga oshdi. Ayni damda (09:45 holatiga) $2 944 qiymatda turibdi.

Gap 2025-yil aprel oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari haqida ketmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tahlilchilarga asoslanib, oltin narxi kelgusi oylarda $3,000 dan oshishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Geosiyosiy vaziyatning murakkabligi va AQShning yangi prezidenti Donald Trampning harakatlari tufayli investorlarning ushbu aktivga qiziqishi ortib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek