O‘zbekistonlik sportchi Osipova BAAdagi turnirda g‘olib chiqib, sof brilliant bilan taqdirlandi

11-fevral 2025 11:54 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Gettyimages

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada Osipova +73 kg vazn toifasida ishtirok etib, raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Turnirning o‘ziga xos jihati shundaki, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan sportchilar an’anaviy medallardan tashqari sof brilliant bilan ham taqdirlandi. U bu xabarni Telegram kanalida muxlislari bilan bo‘lishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan para taekvondochilar Antaliyadagi «Turkish Open» turnirida 9 ta medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek