Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis iste’foga chiqdi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-345-1024x448.png)
Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis iste’foga chiqishini e’lon qildi. U bu qarorini 10-fevral kuni Buxarestda e’lon qilib, mamlakatni inqirozdan qutqarish uchun lavozimini tark etayotganini ta’kidladi. Siyosatchi 12-fevral kuni rasman ish joyini boʻshatishini ma’lum qildi.
Yoxannis iste’fosi parlamentdagi oʻta oʻng kuchlarning impichment e’lon qilish tahdidi va norozilik namoyishlari fonida qabul qilindi.
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi 6-dekabr kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichi natijalarini haqiqiy emas deb e’lon qildi. Razvedka ma’lumotlariga koʻra, saylovga Rossiya tarafdori boʻlgan oʻta oʻngchi nomzod Kalin Jorjeskuning foydasiga manipulyatsiya ta’siri oʻtkazilgan.
Hukmron koalitsiya 4-may kuni yangi prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga kelishib oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abxaziya prezidenti va bosh vazir iste’foga chiqishi haqida xabar bergan edi.