Xiaomi 75 dyuymli energiya tejamkor Redmi Smart TV A Pro 2025 televizorini taqdim etdi

11-fevral 2025 15:01 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Redmi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Redmi Smart TV A Pro 2025 seriyasining energiya tejamkor versiyasini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Yangi model beshta turli o‘lchamda taqdim etilgan: 43 dyuymli versiya $190dan, 50 dyuymli model $225dan, 55 dyuymli variant $255dan, 65 dyuymli model $335dan va eng katta – 75 dyuymli versiya esa atigi $450dan sotuvga chiqariladi.

Televizor 4K o‘lchamdagi ekran va 120 Gts chastotaga ega bo‘lib, DCI-P3 rang maydonining 94 foizini qamrab oladi. Tasvir sifatini yaxshilash uchun MEMC texnologiyasi joriy etilgan. Shuningdek, ushbu model Wi-Fi 6 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va ichki Xiao Ai ovozli yordamchisi bilan jihozlangan.

Televizor to‘rtta Arm Cortex-A55 yadrosi asosida ishlaydi va 1,9 gigagerts chastotali protsessor bilan jihozlangan. Qurilma 3 GB tezkor xotira va 64 GB doimiy xotiraga ega.

Redmi Smart TV A Pro 2025 Energy Saving Edition Xitoyda oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘lib, rasmiy chakana savdo 14-fevraldan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi Turbo 4 subflagmanlar orasida yetakchiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek