Mitsubishi Outlander yangilangan dizayn va ilg‘or texnologiyalar bilan sotuvga chiqarildi

11-fevral 2025 16:27 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Mitsubishi

Mitsubishi Outlander 2025-yilgi yangilangan modeli AQShda sotuvga chiqarildi. Ushbu yangilangan krossover avvalgi modelga qaraganda dizayn, boshqaruv va texnologiyalarga oid bir qator yangilanishlarni o‘z ichiga oladi. Avtomobilning asosiy versiyasi $29,645 narx bilan sotilmoqda.

Avtomobilning yaxshilangan ovoz izolyatsiyasi va osma tizimi, uzoq masofalarga safar qilishda yuqori darajadagi komfortni ta’minlashga yordam beradi.

Yamaha audio ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot-ko’ngilochar tizimi avtomobilning ichki muhitini yanada boyitadi. Modelda 12,3 dyuymli markaziy displey, Apple CarPlay va Android Auto uchun simsiz qo‘llab-quvvatlash mavjud. Bundan tashqari, avtomobilda to‘liq LED optikasi va avtomatik karartiladigan orqa ko‘zgu o‘rnatilgan.

Mitsubishining Shimoliy Amerika bo’yicha prezidenti va bosh direktori Mark Chaffin yangilangan Outlander haqidagi fikrlarini bildirdi:

“Yangi 2025 Outlander jasur, kuchli, qattiq va yo‘lda ajralib turadi, shu bilan birga Mitsubishi Motors’dan mijozlar kutgan qiymatni taqdim etadi. 2021-yilda joriy avlod Outlander sotuvga chiqarilgandan beri avtomobil Mitsubishi kompaniyasining AQShda va butun dunyoda muvaffaqiyati uchun kalit bo‘lib kelgan. Mitsubishi Motors’ning sohada yetakchi kafolati, ikki yillik cheklangan texnik xizmat ko‘rsatish va mukofotga sazovor bo‘lgan diler hamkorlarimiz tarmog‘ini qo‘shsangiz, Outlander shunchaki ajoyib qiymatdan ko‘proq, balki juda ajoyib avtomobildir».

Yangilangan Mitsubishi Outlander avtomobilining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, u 7 kishilik o‘rindiqlarga ega, bu esa oilaviy sayohatlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, yangi Outlander avtomobilining xaridiga ikkita yillik cheklangan texnik xizmat ko‘rsatiladi.

Avvalroq Kursiv yangi Chevrolet Optra’ning narxi qancha ekanligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek