Real Madrid so‘nggi daqiqalarda g‘alabani tortib oldi

12-fevral 2025 03:14 eʼlon qilindi

(12-fevral 2025 10:50 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: UEFA.com

«Manchester Siti» UEFA Chempionlar ligasining ilk pley-off o‘yinida 2:3 hisobida «Real»ga imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Chempionlar ligasi doirasidagi shiddatli bahsda «Manchester Siti» va «Real Madrid» o‘rtasidagi to‘qnashuv haqiqiy dramatik sahnalarga boy bo‘ldi. O‘yinning 19-daqiqasida Erling Xoland mezbonlar safida hisobni ochdi, hakam VAR bilan maslahatlashganidan so‘ng golni tasdiqladi. Madridliklar bu zarbaga 60-daqiqada Kilian Mbappe orqali javob qaytarishdi – hisob tenglashdi.

Foto: UEFA.com

Biroq 80-daqiqada Xoland penaltidan yana «shaharliklar»ni oldinga olib chiqdi. Uzoq davom etgan qarama-qarshilik fonida «Real Madrid» 86-daqiqada «Siti»ning sobiq futbolchisi Brahim Diazning goli bilan yana tenglikni tikladi. O‘yinning 92-daqiqasida esa ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingem madridliklar uchun g‘alaba golini urib, o‘yinga yakun yasadi.

Foto: UEFA.com

Endi jamoalar 19-fevral kuni Madridda javob o‘yinida maydonga chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu o‘yin haqida mutaxassislarning taxminlarini e’lon qilgan edi.

Shuningdek