O‘zbekistonda olimlarning 48% qismi ayollardir – Saida Mirziyoyeva

eʼlon qilindi
Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nishonlandi
Foto: Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonda olimlarning 48% ini ayollar tashkil etadi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumidagi chiqishida ma’lum qildi.

«Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi», – deya ta’kidladi Mirziyoyeva.

Foto: Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, ilm-fanda ayollarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

«Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyeva JSTga a’zolik jarayoni boʻyicha ma’lumot bergan edi.

Shuningdek