Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlar ishtiroki kengaytiriladi

eʼlon qilindi
7 – 11-sinf o‘quvchilari uchun
Foto: AllaSerebrina / www.depositphotos.com

Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va ularga amaliy bilim berish tizimini takomillashtirish maqsadida yangi nizom tasdiqlandi. Ushbu tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari aniq belgilab berildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Endilikda maktablarda tadbirkorlar tomonidan kasb-hunar to‘garaklari tashkil etiladi. 7 – 11-sinf o‘quvchilari ushbu to‘garaklarda o‘z qiziqishiga mos kasb-hunar yo‘nalishlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2025-yildan boshlab 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, maktablarning bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berish imkoniyati ham yaratiladi.

Eng muhim yangiliklardan biri shundaki, 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar maktab bitiruvchilari o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha amaliy imtihon topshirib, elektron sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan maktabgacha ta’lim qamrovi kengaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek