2024-yilda Oʻzbekistonda qancha odam qamalgani ochiqlandi
eʼlon qilindi
21 ming nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-405.png)
Oliy sud ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda deyarli 78 nafar shaxsga nisbatan 61 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. Shundan 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.
61,5 ming nafar shaxs sudlangan, ulardan:
- 21 ming nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
- 39 ming nafariga boshqa turdagi jazolar belgilangan;
- 1 ming nafariga shartli hukm chiqarilgan.
Sudlanganlar orasida:
- 54 ming nafari erkaklar,
- 7,1 ming nafari ayollar,
- 22 ming nafari yoshlar (shundan 2,2 ming nafari voyaga yetmaganlar),
- 2,6 ming nafari 60 yoshdan oshganlar.
Jinoyatlarning koʻp qismi firibgarlik, transport vositalari xavfsizligi qoidalarini buzish, oʻgʻrilik, giyohvand moddalarni noqonuniy saqlash, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish, badanga shikast yetkazish, bezorilik va boshqa jinoyatlarga toʻgʻri keladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston mahkumlarni oʻzaro topshirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.