Ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirishning yangi imkoniyatlari yaratiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qonun 12-fevral kuni qabul qilindi
Foto: chormail@hotmail.com / www.depositphotos.com

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar ipoteka kreditlari bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etadi. Endilikda elektron garov xati orqali ipoteka munosabatlarini tartibga solish imkoniyati paydo bo‘ladi.

«Ipoteka to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida» va «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron garov xati bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarish, u bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish hamda undan foydalanish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, elektron garov xatiga o‘zgartirish kiritish uchun garov xatining qonuniy egasi va garovga qo‘yuvchi shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qo‘shimcha kelishuv shaklini to‘ldirishi kerak. Shuningdek, elektron garov xatlari bo‘yicha huquqlar boshqa shaxslarga depo hisobvarag‘iga yozuv kiritish orqali o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan uy-joy dasturlariga 2025-yilda 27,8 trillion so‘m ajratilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek