O‘zbekistan va Pokiston asalarichilik sohasida hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining mas’ul xodimlari hamda «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi raisi Erkin Nazarov Pokistonning Adam Tradi va Marhaba asal mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida bo‘ldi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mehmonlar korxonalar ishlab chiqarish sexlari va laboratoriyalarida bo‘lib, jarayonlarni yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, tashrif doirasida asal mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda asal mahsulotlarining yetarli zaxirasi mavjudligi va uni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Birinchi bosqichda 5 tonna, keyinchalik esa bosqichma-bosqich 20 tonnadan asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligi ta’minlanishi haqida yozgan edik.