Toshkentga yana mingta Yutong avtobuslari olib kelinadi

eʼlon qilindi
Ularning servis xizmatlari ham kuchaytiriladi
Foto: Yutong

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashdi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Uchrashuvda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, harakat tarkiblarini yangilash va elektrobuslar sotib olish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Toshkent shahri uchun mingta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha va 200 ta elektrobus sotib olish loyihasining hozirgi holatini muhokama qilishdi.

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar uchun elektrobuslarni sotib olishda qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Transport vaziri Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni oshayotganini inobatga olib, servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi avtobuslarda ayol haydovchilar soni koʻpaygani haqida yozgan edik.

Shuningdek