Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida alkogol ichimliklari taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Madaniy qadriyatlarni hurmat qilish yuzasidan
Foto: LBC/Alamy

2034-yilgi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilarga alkogol ichimliklari ichish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Xalid bin Bandar LBC nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu qarorni madaniy qadriyatlarni hurmat qilish zarurati bilan izohlagan. Saudiya Arabistonida alkogol hozirgi paytda mavjud emas, ammo tashrif buyuruvchilar tadbirdan keyin ichimlik iste’mol qilishlari mumkin.

Shuningdek, elchi har bir millatning o‘z madaniyati borligini ta‘kidlab, Saudiya Arabistonining madaniyati o‘zgarmasligini bildirgan. Bu qaror Qatar 2022-yildagi tajribasidan keyin, musobaqalarda alkogol sotilishi masalasidagi muhokamalarga o‘xshash holatni yodga soladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida besh yulduzli lyuks poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek