Homilador yoki farzandi bor ayollarni ishdan bo‘shatish taqiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish qat’iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, «Yagona milliy mehnat tizimi» orqali elektron shaklda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi. Ishga qabul qilish jarayonida davlat organlari ishga kirayotgan shaxsning pasport yoki ID-kartasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda axborot tizimlari orqali so‘rab olishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat munosabatlariga oid qonunchilik «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yildan yolg‘iz ota yoki onaga bolalar bog‘chasi uchun moddiy yordam berilishi haqida xabar bergan edi.