Servis sohasida yoshlar uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi
Foto: thodonal / www.depositphotos.com

Endilikda tadbirkorlar kamida 3 million so‘m oylik to‘lagan yosh xodimlar uchun ijtimoiy soliq atigi 1 foiz bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu imtiyoz 3 yil davomida amal qiladi, bu esa ham tadbirkorlarga, ham yoshlarga manfaat keltirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, «Yoshlar daftari» tizimini yangilash va transformatsiya qilish zarurligi aytildi. Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy paketlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yoshlar biznesi va bandligi uchun $200 mln qanday taqsimlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek