Chekka hududlarda o‘quv markazlari ochish uchun foizsiz ssuda beriladi

Xorijiy tillarda «C1» darajasiga ega bo‘lgan yoshlar chekka va olis hududlarda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini ochishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bunday yoshlar uchun 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda berilishi belgilandi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlarni jalb qilish maqsadida xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar uchun o‘quv xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi. «2+6» shaklida belgilangan bu qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida o‘quvchilarning dastlabki 2 oyi o‘z mablag‘lari hisobidan, qolgan 6 oyi esa davlat tomonidan to‘lanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan servis sohasida yoshlar uchun yangi imtiyozlar joriy etilishi haqida xabar bergan edi.