«Paxtakor» va «Al-Sadd» o‘yini vakillarimiz foydasiga yakunlandi – 2:1
eʼlon qilindi
Pley-offga chiqish arafasida

Elit Chempionlar Ligasining 8-tur bahslarida Qatarning «Al-Sadd» jamoasi bilan o‘ynagan «Paxtakor» futbol klubi bellashuvda 2:1 hisobda g‘alaba qozondi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.
Ushbu g‘alaba orqali «Sherlar» pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Uchrashuv 2:1 hisobida «Paxtakor» foydasiga hal bo‘lib, gollarga Brayan Riaskos mualliflik qildi.
Raqib jamoa safida esa Hasan Al Haydos penaltidan bergan zarbasi orqali «Paxtakor» darvozasini ishg‘ol etdi.
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» ayni vaqtda 7 ochko bilan 12 jamoa orasida 7-o‘rinda (8 jamoa pley-offga chiqadi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni boʻlgani haqida yozgan edik.