O‘zbekiston va Kuvayt investitsiya platformasini qachon ishga tushiradi

O‘zbekiston va Kuvayt investitsiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu kelishuv Shavkat Mirziyoyevning 18-fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrifi doirasida mamlakat Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuvi chog‘ida erishildi.
Uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga rasmiy tashrifi haqida yozgan edi.