Ziyoratchilar uchun cheklovlar joriy qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoniga turlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida xabarlar tarqaldi
Foto: Pexels.com

Uzbekistan Airports ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalar va ularning mijozlari uchun hech qanday cheklovlar joriy etmagan. Bu haqda kompaniyaning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda cheklovlar haqida xabarlar tarqalgan edi. Unda Toshkentdan Saudiya Arabistoniga sayohat uyushtiruvchi kompaniyalar muammolarga duch kelayotgani aytilgandi.

«Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: «Toshkent» aeroporti va «Uzbekistan Airports» boshqaruv kompaniyasi tomonidan turistik firmalar va yo‘lovchilarga nisbatan hech qanday cheklovlar kiritilmagan», – deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airports, shuningdek, chiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar Saudiya Arabistoniga parvozlar uchun o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Saudiya madaniyati kunlari» tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek