Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kanadaning yangi tayinlangan elchisi Kristofer Dugganning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Hozirda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz aloqalarda hali roʻyobga chiqmagan katta salohiyat koʻrmoqdamiz», – deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, vazir yangi elchiga mamlakatlar oʻrtasidagi mavjud koʻpriklarni mustahkamlash va yangi hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirishda muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Litvadagi yangi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.