Tramp Venesuelani AQShning dushmani deb atadi
eʼlon qilindi
AQSh rahbari unga nisbatan avvalroq sanksiyalar kiritganini esladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelani AQShning dushmani deb atadi. Bu haqda Oq uy rahbari matbuot anjumanida bayonot berdi.
Tramp birinchi prezidentlik davrida rasmiy Karakasga qarshi sanksiyalar kiritganini esladi. Unga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden Venesuela neftini «milliardlar»ga sotib olgan.
«Nega ular dushmanga yuzlanib, unga milliardlab, milliardlab dollar berishdi?» – dedi Tramp.
Amaldagi prezident Qo‘shma Shtatlarda yetarli miqdorda neft zaxiralari mavjudligi va uni import qilishga hojat yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar qo‘ygani haqida yozgan edi.