Oltin quymalari narxi yana ko‘tarildi – Markaziy bank
eʼlon qilindi
Jahon bozorida qimmatbaho metalning bir troya untsiyasi deyarli $3 ming turadi

Joriy yilning 20-fevral holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi deyarli 6,32 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rsatkich bir kun avval 6,29 mln so‘mni tashkil qilgan edi. Bir kun ichida oltin quymalarining narxi 32 ming so‘mga ko‘tarildi.
Jahon bozorida oltinning narxi bir troy unsiyasi uchun LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 19-fevral kuni o‘tkazilgan kechki fiksing $2944,4 ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston oltin eksportini 8,3 foizga kamaytirgani haqida yozgan edik.