21-fevral kuni havo harorati 12-17 darajagacha iliydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Aksariyat hududlarda iliq ob-havo hukm suradi, biroq ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida kun ochiq bo‘lib, harorat 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli, lekin shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 15-20 daraja iliq bo‘lib, shamol ba’zi joylarda biroz sezilarli bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham shunga o‘xshash ob-havo kuzatiladi: kunduzi 15-20 daraja iliq, lekin ba’zi hududlarda shamol 18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryoda eng iliq ob-havo kuzatiladi – kunduzi 17-22 daraja iliq.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz salqinroq bo‘lib, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa harorat 5-10 daraja atrofida bo‘lib, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.