Toshkentda yer usti metrosi yaqinida yongʻin sodir boʻldi

21-fevral kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yongʻin kelib chiqdi. Holatga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, tungi soat 22:02 da Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:14 da yetib borib, yongʻin soat 22:27 da qurshab olinib, soat 22:33 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻqligi aytildi.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda magistral gaz quvurida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.